Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda ovlangan baliq hajmi 2600 tonnadan oshdi
2021 yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 2647,6 tonna baliq ovlandi. Bu ko‘rsatkich 2020 yilning shu davriga nisbatan 102,2 foizga o‘sgan. Bu haqda viloyat statistika boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ovlangan baliq umumiy hajmidan 71,1 foizi (1 882,6 t) qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, 26,9 foizi fermer xo‘jaliklari va 2 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar bo‘yicha eng ko‘p ovlangan baliq hajmi quyidagicha:
- Mirzaobod tumani – 2023,3 tonna;
- Xovos tumani – 160,3 tonna;
- Sayxunobod tumani – 127,8 tonna;
- Boyovut tumani – 88,8 tonna;
- Guliston tumani – 76,5 tonna;
- Sirdaryo tumani – 73,1 tonna;
- Oqoltin tumani – 55 tonna;
- Sardoba tumani – 41,4 tonna;
- Guliston shahar – 0,9 tonna;
- Yangiyer shahar – 0,5 tonna.
Mavzuga oid
00:19 / 05.07.2026
Sirdaryodagi har ikkinchi baliq tanasida mikroplastik borligi aniqlandi
19:28 / 20.06.2026
Sirdaryoda tanishining pulini qalbaki dollarga almashtirib qo‘ygan ayol ushlandi
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
19:28 / 01.05.2026