Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda aholi qo‘ylarini boqish uchun olib, qaytarib bermagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Angor tumanida aholi qo‘ylarini boqish uchun olib, qaytarib bermagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 31 iyul kuni Angor tuman IIBga tumanning Navro‘z mahallasida yashovchi A.Akbar murojaat qilgan. U o‘z murojaatida shu tumanda yashovchi, J.Karimga 2019 yil may oyida, 11 bosh qo‘yni boqishi uchun berganini, 2020 yil dekabrda qo‘ylarni qaytarib olmoqchi bo‘lib borganida, J.Karim turli bahonalar qilib qo‘ylarni qaytarib bermaganini ma'lum qilgan.
Bundan tashqari, J.Karim 2020 yil yanvar oyida, tumanning Sharq guli mahallasida yashovchi, Ch.Bahodirning 11 bosh echkisi va 2 bosh qo‘yini boqib berish uchun olib, qaytarib bermagani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan joriy 31 iyul kuni J.Karimga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryoda savdo do‘konidan oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Mavzuga oid
11:04 / 30.04.2026
Denovda o‘lim bilan tugagan zo‘ravonlik yuzasidan 4 kishi qo‘lga olindi
16:20 / 29.04.2026
Denovda «Shakki» laqabli zo‘ravon bir yigitni urib o‘ldirgani aytilmoqda
18:54 / 06.04.2026
Chegaradan ko‘p miqdordagi giyohvand moddalar olib kirilishiga chek qo‘yildi
14:24 / 14.03.2026