Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizda uyini sotishini aytib, xaridorning pulini o‘zlashtirgan ayolga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Termiz shahrida uyini sotishini aytib xaridorning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 28 iyul kuni Termiz shahrining Ma'rifat mahallasida yashovchi, X.Lola shahar 1-son IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida, o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan, shaharning Mehrobod mahallasida yashovchi, R.Gilnora uning ishonchiga kirib, pullarini o‘zlashtirib ketganini bayon qilgan.
Qayd etilishicha, 2020 yil 25 avgustda R.Gilnora o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan shaharning Mehrobod mahallasi hududida joylashgan uyni 120 million so‘mga sotishini aytib, X.Loladan 105 million so‘m pullarini olib, o‘zlashtirib ketgan.
Ta'kidlanishicha, joriy yil 28 iyul kuni R.Gilnoraga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryoda savdo do‘konidan oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Mavzuga oid
20:37 / 16.03.2026
Jizzaxda «operativnik» firib ustida qo‘lga olindi
21:12 / 15.03.2026
Jizzaxda tenderda g‘olib chiqishga yordam berish evaziga pul talab qilganlar ushlandi
09:12 / 09.03.2026
DXX tezkor tadbirlarida ikki nafar shaxs pul olayotgan vaqtda ushlandi
11:39 / 28.02.2026