O‘zbekiston | 08:33 / 14.08.2021
3881
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat xaridlari bo‘yicha qanday shartnomalar ekspertizadan o‘tkazilmasligi ma'lum bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasining «Davlat buyurtmachilari tomonidan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlarida uzluksizlikni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

«Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, prezidentning farmonlari va qarorlarida, shuningdek Vazirlar Mahkamasining qarorlarida tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida amalga oshirishga ruxsat berilsa, shartnoma va shartnomaga oid qo‘shimcha kelishuvlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUKda kompleks ekspertizadan o‘tkazilishi lozim.

Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatiga (prezidentning 27.09.2018 yildagi PQ-3953-son qaroriga ilova) kiritiladigan o‘zgartirishlar bilan quyidagilar belgilanmoqda:

  • 2, 3, 4, 7, 11, 13, 14, 16, 18, 22, 26, 27-bandlari bo‘yicha tegishligiga ko‘ra barcha davlat buyurtmachilari tomonidan;
  • 5-6, 9, 12, 17, 20-21, 23, 25, 29, 30, 34, 38-bandlari bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi va ularning tizimiga kiruvchi tashkilotlar, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi, shuningdek davlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida amalga oshirishda shartnoma va shartnomaga oid qo‘shimcha kelishuvlar Kompleks ekspertiza qilish markazida ekspertizadan o‘tkazilmaydi.

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va hududiy boshqarmalariga Davlat buyurtmachilari tomonidan Davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish topshirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid