Prezident Ulug‘bek Rashidov va Bahodir Jalolov ishtirokidagi finallarni qanday kuzatganini so‘zlab berdi
Davlat rahbari Ulug‘bek Rashidov va Bahodir Jalolov ishtirokidagi final janglarini bevosita kuzatgani, Akbar Jo‘rayevning oltin olgani haqida esa yig‘ilish vaqtida xabar topgani to‘g‘risida gapirib berdi.

13 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida XXXII yozgi olimpiada o‘yinlari ishtirokchi va g‘oliblari, ularning ota-onalari hamda murabbiylarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda davlat rahbari olimpiya o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan sportchilarning ishtirokini qanday kuzatgani haqida gapirib berdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
“To‘g‘risi, Ulug‘bekning (Ulug‘bek Rashidovning – tahr.) jangida oxirgi raundni ko‘rolmadim ham. Yutqazib qo‘yishidan xavotirlandim. Bahodirning jangida ham shunday bo‘ldi. Birinchi raunddan keyin Bahodir yutqazayotgandi, to‘g‘risi, keyingi raundlarni ko‘rolmadim. Lekin unga ishondim.
Final jangidan bir kun oldin Bahodirga telefon qilmoqchi bo‘ldim. Telefon qilib, unga aytmoqchi edimki: “Bahodir, sening zarbangni qabul qilgan sportchi hech qachon esdan chiqarmaydi, unutolmaydi”. Xudoga shukr, baribir Bahodir yutdi”, – dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Tokio olimpiadasida oltin medalga sazovor bo‘lgan yana bir o‘zbekistonlik sportchi Akbar Jo‘rayev haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
“Sportda hali kamchilik, nuqsonlarimiz juda ko‘p. Men ularni to‘g‘rilash bo‘yicha topshiriqlar berdim.
Akbar Jo‘rayev oltin medal olganda yig‘ilish o‘tkazayotgandim, ko‘rdilaring. Menga oltin olganimiz haqida kichik ma'lumot olib kelishdi. Juda xursand bo‘lib ketdim, yig‘ilish ham to‘xtab qoldi.
Men sportda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun vazirlar, hokimlar va boshqa mutasaddilarni tergab, choralar ko‘rmoqchi edim. Ularning baxti bor ekan. Sen shunga sababchi bo‘lding. Bo‘lmasa, hamma ishdan ketardi”, – deya Akbar Jo‘rayevga olimpiadadagi natijasi uchun minnatdorchilik bildirdi Shavkat Mirziyoyev.
Ma'lumot uchun, olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilar – Ulug‘bek Rashidov (taekvondo), Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika) va Bahodir Jalolov (boks) g‘olib chiqib, O‘zbekiston delegatsiyasiga 3ta oltin medalni taqdim etishdi.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil – Eron urushi: bu gal jiddiymi?
Jahon | 11:03
-
O‘zbekiston va Britaniya ixtisoslashtirilgan ta’lim dasturlarini amalga oshiradi
O‘zbekiston | 10:42
-
Isroil Eronga hujum chog‘ida 200 ta samolyotdan birontasini ham yo‘qotmadi
Jahon | 10:31
-
Isroil butun dunyodagi elchixonalari va konsulliklarini yopdi
Jahon | 10:27
Mavzuga oid

16:32 / 13.06.2025
Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi

12:39 / 06.02.2025
Jalolovning Spilmondga qarshi jangi bekor bo‘ldi

17:11 / 29.11.2024