Bugun, 13 avgust kuni prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida XXXII yozgi olimpiada öyinlari iştirokçi va ğoliblari, ularning ota-onalari hamda murabbiylarini taqdirlaş marosimi bölib ötmoqda.

Kun.uz muxbiriga köra, marosimda davlat rahbari sportçilarning nufuzli musobaqadagi iştirokini yuqori baholab, bu mustaqillikning 30 yilligiga munosib sovğa bölganini ta'kidlagan.

«Barçamiz dunyodagi eng nufuzli ana şu musobaqalarda Özbekiston vakillarining har bir çiqişini katta qiziqiş va hayajon bilan kuzatib bordik.

Öz navbatida, sportçilarimiz ham bunday yuksak işonçni oqlab, xalqimizga yorqin ğalabalarni tortiq́ etişdi.

Heç şubhasiz, bu vatanimiz mustaqilligining 30 yillik şonli bayramiga munosib sovğa böldi», dedi prezident.

Davlat rahbari sportçilarning olimpiada öyinlarida 3ta oltin va 2ta bronza medalni qölga kiritganini alohida ta'kidlar ekan, bu borada Özbekistonning örni MDH va Markaziy Osiyoda yuqori bölganiga ham e'tibor qaratdi.

«Hammamizga ayonki, xalqaro olimpiya öyinlarida yer yuzining eng zör, manaman degan sport ustalari iştirok etadi.

Buyuk Alişer Navoiy bobomiz aytganlaridek, şerga qarşi şerdek kuraşiş, jang qiliş kerak. Sizlar dunyo tan olgan sportçilar bilan mardona olişib, ularning özini ham, ular erişgan natijalarni ham ortda qoldirib, 3ta Olimpiya rekordini yangilab, jahon sportida ham yorqin sahifa oçdingiz.

Mamlakatimiz jamoasi 200dan ziyod davlatdan kelgan eng kuçli sportçilar orasida umumjamoa hisobida – öttiz ikkinçi, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligida – ikkinçi, Markaziy Osiyoda esa – birinçi örinni egalladi. Bu çindan ham özbek sporti tarixidagi ulkan natijadir.

Ğolib farzandlarimiz şa'niga madhiyamiz yangrab, Vatanimiz bayroği baland kötarilgan damlarda, barçamizning qalblarimiz çeksiz ğururga töldi.

Bugungi tantanali marosimda iştirok etayotgan qahramon öğlonlarimiz – Tokio olimpiadasi ğoliblari haqida har qança faxrlanib gapirsak arziydi, albatta», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Marosimda davlat rahbari olimpiya öyinlarida ğolib bölgan sportçilarning iştirokini qanday kuzatgani haqida gapirib berdi.

«Töğrisi, Uluğbekning (Uluğbek Raşitovning – tahr.) jangida oxirgi raundni körolmadim ham. Yutqazib qöyişidan xavotirlandim. Bahodirning jangida ham şunday böldi. Birinçi raunddan keyin Bahodir yutqazayotgandi, keyingilarini körolmadim. Lekin işondim.