Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
16 avgustda BMTning Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha shoshilinch yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
16 avgustda BMT Xavfsizlik kengashining Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda xalqaro tashkilotdagi manba ma'lum qilgan.
Uning ta'kidlashicha, yig‘ilish Norvegiya va Estoniya so‘rovi bilan tashkillashtirilmoqda. U ochiq brifing va yopiq maslahatlashuvlar shaklida o‘tadi.
Avvalroq Associated Press axborot agentligi toliblar vakiliga tayanib, “Tolibon” yaqin orada Afg‘oniston Islom amirligini tashkil etishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgan. Ta'kidlanishicha, toliblar bu haqda Kobuldagi prezident saroyidan e'lon qilishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Britaniya bosh vaziri Boris Jonson xalqaro hamjamiyatni “Tolibon” harakatining Afg‘onistondagi hukumatini tan olmaslikka chaqirgan va mamlakatda hokimiyat almashgani bo‘yicha yagona pozitsiya ishlab chiqish kerakligini aytgan.
Uning ta'kidlashicha, BMT Xavfsizlik kengashi a'zolari, NATO davlatlari, xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonda oxirgi 20 yil ichida erishilgan barchasi “behuda yo‘qolmasligi uchun” iloji boricha tezroq kelishuvga kelishi kerak. Jonson Britaniya toliblarni ikki tomonlama asosda hech kim tan olmasligi uchun BMT va NATO bo‘yicha hamkorlar bilan ishlashini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
11:23 / 08.07.2026
“2030 yilga borib suv tanqisligi 15 mlrd kub metrga yetadi” – suv vaziri Nyu Yorkda
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026