Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada sentyabrda navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi
Kanadada 20 sentyabrda navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudo ma'lum qildi.
“General-gubernator parlamentni tarqatib yuborish haqidagi iltimosimni qabul qildi. Shunday qilib, kanadaliklar 20 sentyabrda ovoz beradi”, deb aytgan Tryudo. Shunday qilib, saylovoldi kampaniyasi qonun bilan yo‘l qo‘yiladigan eng kam vaqt – 36 kun davom etadi.
Kanadada navbatdagi parlament saylovlari o‘tkazilishi 2023 yilga belgilangandi. Biroq ayni vaqtda Tryudo boshchiligidagi Liberal partiya parlamentda ko‘pchilikka ega emas. Oxirgi vaqt bosh vazir parlamentni sustkashlik va hukumat kun tartibini ma'qullashdagi murakkabliklar uchun tanqid qilib kelgan. CBC telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, Tryudo pandemiyaga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatlar ortida aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganidan foydalanib, iloji boricha tezroq saylovlarni o‘tkazmoqchi va ko‘pchilik hukumatini shakllantirmoqchi.
Mavzuga oid
11:05 / 07.07.2026
Kanada Germaniyadan 12 ta zamonaviy suvosti kemasini sotib oladi
11:19 / 29.06.2026
JCh kundaligi. 1/8 finalning ilk ishtirokchisi ma’lum, Koreya lagerida mojaro, Kabo-Verde sardorida muammo
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026