Jahon | 21:44 / 16.08.2021
11920
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston sobiq mudofaa vaziri Pokistonga qochib ketgani haqidagi xabarni rad etdi va Dubayda ekanini ma'lum qildi

U shuningdek, sobiq prezident Ashraf G‘ani Pokistonga yo‘l olganini ta'kidlagan.

Afg‘oniston sobiq mudofaa vaziri Bismillo Xon Muhammadiy o‘zining Pokistonga qochib ketgani haqidagi xabarlarni rad etdi, deb yozadi Interfaks. 

«Do‘stlarim mening Pokistonga qochib ketganim to‘g‘risida tarqatgan mish-mish yolg‘on, men ikki o‘g‘lim bilan Dubayga keldim va tez orada Panjsherga (Afg‘onistondagi viloyat) qaytaman», — deb yozgan general Twitter’da.

U shuningdek, sobiq prezident Ashraf G‘ani Pokistonga yo‘l olganini ta'kidlagan.

Ayni vaqtda Afg‘onistondagi hokimiyat «Tolibon» qo‘liga o‘tdi. Mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida mamlakatni tark etishga qaror qildi. Uning qayerda ekanligi haqida aniq ma'lumot yo‘q.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid