Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidenti AQShning Afg‘onistondan ketishi bu mamlakatda tinchlik o‘rnatilishiga imkon berishini aytdi
Ibrohim Raisiyning so‘zlariga ko‘ra, «Tehron Afg‘oniston uchun birinchi navbatda zarur bo‘lgan barqarorlik mustahkamlanishi uchun harakat qiladi».
Amerika kuchlarining Afg‘onistondan ketishi afg‘on yerida mustahkam tinchlikka erishish imkonini beradi. Bu haqda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy aytdi.
«AQShning harbiy mag‘lubiyati va Afg‘onistonni tark etishi bu mamlakatda hayot, xavfsizlik tiklanishi va mustahkam tinchlik o‘rnatilishiga imkon beradi», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Mehr agentligi.
Raisiyning so‘zlariga ko‘ra, «Tehron Afg‘oniston uchun birinchi navbatda zarur bo‘lgan barqarorlik mustahkamlanishi uchun harakat qiladi».
15 avgust kuni «Tolibon» harakati jangarilari Kobulga kirdi va hokimiyatni egalladi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatni tark etdi.
Mavzuga oid
17:48 / 12.07.2026
Eron atrofidagi vaziyat: AQSh yangi zarbalar yo‘lladi, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yana yopildi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
08:59 / 10.07.2026
Eronda Ali Xominaiy dafn etildi
20:35 / 09.07.2026