Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya toliblarning barcha so‘nggi bayonotlarini ijobiy qabul qiladi – Mavlut Chovusho‘g‘li
Chovusho‘g‘lining qayd etishicha, prezident Ashraf G‘ani mamlakatni tark etganidan so‘ng Afg‘onistonda hokimiyat vakuumi paydo bo‘ldi.
Anqara Afg‘oniston bo‘yicha muloqotni barcha tomonlar, jumladan «Tolibon» harakati bilan ham davom ettiradi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya AQSh bilan ham izchil hamkorlik qilmoqda.
Chovusho‘g‘lining qayd etishicha, prezident Ashraf G‘ani mamlakatni tark etganidan so‘ng Afg‘onistonda hokimiyat vakuumi paydo bo‘ldi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri shuningdek, Anqara toliblarning barcha so‘nggi bayonotlarini ijobiy qabul qilishini aytdi.
«Hozirda vaziyatning barqarorlashishi muhim. «Tolibon» harakatining so‘zlari va harakatlari bir-biriga mos keladi deb umid qilamiz», — dedi Chovusho‘g‘li.
U Turkiya Afg‘onistondagi iqtisodiy rivojlanish, tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga hissa qo‘shishda davom etishini ta'kidladi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026