Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 3 kishi kasalxonaga yotqizildi
Chilonzor tumanida «Matiz» va «Nexia-3» sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida har ikki haydovchi va «Matiz» yo‘lovchisi kasalxonaga olib ketilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma'lum qildi.
2021 yil 17 avgust kuni taxminan soat 15.00 da Chilonzor tumani Seul ko‘chasida 1978 yilda tug‘ilgan Sh.M. boshqaruvidagi «Matiz» va 1988 yilda tug‘ilgan D.T. boshqaruvidagi «Nexia-3» avtomobili to‘qnashuvi ro‘y berdi.
YTH oqibatida ikkala haydovchi hamda «Matiz» avtomobilining yo‘lovchisi B.M. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Toshkentda «Nexia-3» bilan to‘qnashgan «Matiz» ag‘darilgani va «Bek to‘pi» ro‘parasida avtokran va yuk avtomobili to‘qnashgani ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
15:21 / 03.06.2026
Guvohnomasi yo‘q ikki yigitchaning poygasi o‘limlar bilan tugadi
17:39 / 02.06.2026
Toshkentda BYD yo‘lovchi avtobus bilan to‘qnashdi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:35 / 26.05.2026