Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korrupsion holatlar bo‘yicha eng ko‘p jinoyat ishi qaysi viloyatda qo‘zg‘atilgani aytildi
Bir yil ichida korrupsion holatlarga oid 34 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, shundan 26 tasi budjet mablag‘larini talon-toroj qilish bilan bog‘liq. Bu haqda AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilindi.
Qayd etilishicha, o‘tgan bir yil davomida respublika viloyatlarida o‘tkazilgan o‘rganish tadbirlarida to‘plangan hujjatlar asosida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jami 34 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi ta'minlangan.
“Jinoyat ishlarining 26 tasi — budjet mablag‘larini talon-toroj qilish, 3 tasi — hujjatlarni qalbakilashtirish, 2 tasi — mansab vakolatini suiiste'mol qilish, 1 tasi — soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, 2 tasi — firibgarlik va firibgarlik yo‘li bilan pora olish jinoyatlari hisoblanadi”, dedi Durdona Ochilova.
Ushbu jinoyatlar hududlar kesimida tahlil qilinsa:
- Samarqand viloyatida — 8 ta;
- Andijon viloyatida — 6 ta;
- Toshkent shahrida — 6 ta;
- Jizzax viloyatida — 4 ta;
- Namangan viloyatida — 3 ta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 3 ta;
- Toshkent viloyatida — 2 ta;
- Qashqadaryo viloyatida — 1 ta;
- Navoiy viloyatida — 1 ta jinoyat sodir etilgan.
Ma'lum qilinishicha, mazkur jinoyatlarning 4 tasi — respublika, 10 tasi — viloyat, 20 tasi — tuman-shahar tashkilotlari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda».
Mavzuga oid
17:23 / 09.07.2026
Sobiq davlat xizmatchisi uchun antikorrupsiya xulosasini olish tartibi tasdiqlandi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
08:59 / 01.07.2026