Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat majburiy mehnat holatlarining aksariyati qaysi sohalarda uchrayotganini ma'lum qildi
2021 yil 18 avgust kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar qilmoqda.

Senat raisi, Milliy komissiya raisi Tanzila Norboyeva olib borgan majlisda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida 2021 yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, ko‘rilgan choralar hamda ushbu yo‘nalishlarda hali o‘z yechimini kutayotgan masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda odam savdosi jabrdiydalariga yordam ko‘rsatish, ularni reabilitatsiya qilish, shuningdek, xorijdagi fuqarolar manfaatlarini himoyalash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Odam savdosidan jabrlangan, uzoq muddat xorijda bo‘lib qaytgan va deportatsiya qilingan ayollarga har tomonlama yordam ko‘rsatilgani ta'kidlandi.
Shuningdek, yig‘ilishda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash bo‘yicha o‘z yechimini kutayotgan masalalarga e'tibor qaratildi. Ayrim mahalliy ijro hokimiyati organlari, vazirlik va idoralarning quyi tuzilmalari rahbarlari tomonidan majburiy mehnatga jalb qilish holatlari hali hamon kuzatilayotgani tanqid qilindi.
“Misol uchun, hisobot davrida Mehnat inspeksiyasi tomonidan joylarda xodimlarni o‘z funksional vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb etish bo‘yicha 41 ta holat aniqlangan. Sohalar kesimida aytganda, majburiy mehnat holatlarining aksariyati xalq ta'limi, bank-moliya, tibbiyot, transport va obodonlashtirish tarmoqlarida uchramoqda”, deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda joriy yilgi paxta yig‘im-terim mavsumida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, mehnat munosabatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish, terimchilar uchun munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar ham muhokama qilindi.
Mavzuga oid
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026
Avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siq va notekislik yaratish taqiqlanishi mumkin
18:28 / 07.04.2026