Jahon | 19:46 / 20.08.2021
12786
2 daqiqa o‘qiladi

Grenlandiya tog‘larida 70 yil ichida ilk bor qor o‘rniga yomg‘ir yog‘di

14 avgustda Grenlandiya tog‘larida 1950 yildan beri olib borilayotgan kuzatuvlar tarixi davomida ilk bor qor o‘rniga yomg‘ir yog‘di. 

Foto: Reuters

CNN telekanalining xabar berishicha, orolda harorat o‘tgan dam olish kunlari oxirgi 10 yil ichida uchinchi marta 0 darajadan oshdi. Iliq havo kuchli yomg‘irga olib keldi. Buning natijasida tog‘lardagi muzliklarga 7 mlrd tonna suv tushgan va ularning rekord darajada erishiga olib kelgan.

AQShning qor va yaxvonliklar haqidagi ma'lumotlarni qayta ishlash milliy markazida ta'kidlanishicha, bu 1950 yildan beri orolda kuzatilgan eng kuchli yomg‘ir hisoblanadi. Markaz bosh ilmiy xodimi Ted Skambosning aytishicha, ushbu hodisa Grenlandiya tez qiziyotganidan darak beradi.

“Yuz berayotgan hodisalar o‘zgarayotgan iqlim sharoitida shunchaki iliq o‘n yillik emas. Bu misli ko‘rilmagan holatdir”, deb ta'kidlab o‘tgan Skambos.

Ta'kidlanishicha, Grenlandiyada oxirgi o‘n yillikda yuz berayotgan ob-havo hodisalarini normal deb aytib bo‘lmaydi.

Avvalroq Grenlandiya muzliklarining 1992 yildan 2018 yilgacha erishi tezligi 7 marta oshgani ma'lum qilingandi. Shu sababli XXI asr oxiriga kelib oroldagi erigan muzliklar dunyo okeani sathining 7 santimetrga ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin.

Mavzuga oid