Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilmiy markaz filiali, yangi tug‘uruq kompleksi, shahar bolalar shifoxonasi - Namanganda rekonstruksiya qilingan tibbiyot maskanlari ochildi
Namangan viloyatida bir nechta tibbiyot maskanlari rekonstruksiyadan so‘ng foydalanishga topshirildi.
Namangan shahrida joylashgan eski viloyat travmatologiya binosi qurilish-ta'mirlash ishlaridan keyin shinam va zamonaviy tug‘uruq kompleksiga aylantirildi. Binoga 15 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarf etilgan. Binoning yoniga qo‘shimcha 5 qavatli bino ham qurilgan.

Vodiydagi eng og‘ir jarrohlik amaliyotlari, neyrojarrohlik bo‘yicha G20 mamlakatlarida amalga oshiriladigan operatsiyalarni amalga oshiradigan maskan — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali binosi rekonstruksiyadan so‘ng foydalanishga topshirildi. Ushbu maskanning to‘liq ta'mirdan chiqishi uchun 48 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan. Ushbu binoga tutash joyda joylashgan bolalar shifoxonasi binosi ham zamon talablari asosida qayta ta'mirlandi. Shifoxona ta'miri uchun davlat budjetidan 34 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflangan. Bolalar shifoxonasi esa 300 o‘rindan iborat.

Mavzuga oid
09:23 / 26.03.2026
2025 yilda eng ko‘p xonadon Namanganda foydalanishga topshirildi
08:52 / 19.03.2026
Namangan, Qashqadaryo va Samarqandda kontrafakt dori vositalari aniqlandi
17:58 / 17.03.2026
Namanganda soliq qarzdorligi 1 mln so‘mdan oshsa, elektr uchun to‘lov cheklanadi
21:57 / 13.03.2026