Jahon | 21:48 / 20.08.2021
39584
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Afg‘onistondagi voqealar bo‘yicha ilk marta fikr bildirdi

Putinning fikricha, hozirda asosiy vazifa terrorchilarning qo‘shni mamlakatlarga, xususan, qochqinlar ko‘rinishida kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashuvi chog‘ida «Tolibon» Afg‘onistonni nazorat qilayotgani haqida fikr bildirdi.

«Bu mavjud voqelik va aynan mana shu voqelikdan kelib chiqish kerak», dedi u.

Uning fikricha, hozirda asosiy vazifa terrorchilarning qo‘shni mamlakatlarga xususan, qochqinlar ko‘rinishida kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Rossiya prezidenti, shuningdek, toliblar jangovar harakatlar tugagani haqida e'lon qilishgani, aholi va xorij fuqarolari xavfsizligiga kafolat berishganini qayd etdi. Putin ular o‘z majburiyatlarini bajarishlariga umid bildirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, xalqaro hamjamiyat va BMT Xavfsizlik kengashi bu jarayonni nazorat qilishi lozim.

Putin «begona qadriyatlarni singdirishga qaratilgan mas'uliyatsiz siyosat»ni va tarixiy, diniy, milliy xususiyatlarni hisobga olmasdan «boshqa mamlakatlarda begona namunalar bo‘yicha demkoratiya qurishga urinish»ni bas qilishga chaqirdi.

Rossiya prezidenti Afg‘onistonga begona qadriyatlarni olib kirish samarasiz bo‘lganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday tajribalar faqatgina davlatning parchalanishiga olib keladi.

Mavzuga oid