Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda qarzdor ota farzandlari voyaga yetguncha bo‘lgan muddatni hisoblab 60 million so‘m aliment to‘ladi
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida qarzdor ota 3 nafar farzandi voyaga yetguncha bo‘lgan muddatni hisoblab 60 million so‘m aliment pulini oldindan to‘lagan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kasbi tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor Mirishkor tumani, "Kalta" MFYda yashovchi U.Bektoshevdan undiruvchi Yangi Mirishkor qishlog‘ida yashovchi N.Uzoqovaga voyaga yetmagan 3 nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun aliment undirish belgilangan. Sud ijro hujjati MIB Mirishkor tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Qayd etilishicha, joriy yil 18 avgust kuni taraflar ijro hujjati yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishgan. Qarzdor ota farzandlari voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment pullarini birdaniga to‘lab berishni ma'lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan davlat ijrochilari tomonidan qarzdor va undiruvchiga o‘z huquq va majburiyatlari tushuntirilgan. Xolislar ishtirokida 60 million so‘m naqd ko‘rinishidagi pul mablag‘lari tilxat asosida N.Uzoqovaga topshirilgan va tomonlarning roziligi bilan mazkur ijro ishi tegishli tartibda tugatilgan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
19:37 / 04.06.2026