Tadbirkor Hasan Mamasaidov prezident bilan muloqotda biznes-inkubatorlarni ko‘paytirishni taklif qildi
20 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bir qator tadbirkorlar davlat rahbariga o‘z takliflarini bildirib o‘tdi.

Hasan Mamasaidov
Toshkent shahridagi studiyalardan biridan Forumlar saroyi bilan bog‘langan Dekos kompaniyasi rahbari, MFaktor loyihasi muallifi Hasan Mamasaidov prezidentga mamlakat bo‘ylab biznes-inkubatorlarini rivojlantirish haqida taklif bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev bu taklifni qo‘llab-quvvatlab, biznes-inkubatorlarga moliyaviy ko‘mak berish, hududlarda binolar ajratib, ijara uchun to‘lovlardan voz kechish kabi ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha mas'ullarga topshiriq berdi.
Tadbirkor Umid Mamadaminov prezident bilan muloqotda 10 yilga yaqin AQShda yashab ishlagani va 2018 yil oilasi bilan O‘zbekistonga qaytganini aytdi. U Jizzaxning turizm salohiyatidan foydalanish uchun Aydarko‘l atrofidagi yerlarni ochiq auksion orqali investorlarga sotishni taklif qildi.
Prezident turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovga bu borada tegishli taklif ishlab chiqish vazifasini yukladi. Davlat rahbari bu ishda shoshmashosharlik yaramasligi, yetti o‘lchab bir kesish kerakligini ta'kidladi.

Mavzuga oid

14:44 / 26.08.2022
“Biznes boshlash osonlashadi” - tadbirkorlar prezident bilan uchrashuv taassurotlari haqida

19:30 / 11.03.2022
“25 milliondan ortiq ko‘rishlar soni diqqatimizni tortgan” – Hasan Mamasaidov

19:30 / 08.03.2022
Barchasi kserokopiyadan boshlangan: Dekos, Deli va MFaktor tarixi

10:11 / 15.02.2022