Hayotimizda internetning örni kun sayin kengaymoqda

Zamon talablariga köra bugungi kun odamlari asosan onlayn naşrlarni afzal bilişmoqda. Çunki har doim ham televizion yoki bosma naşrlarni kuzatişga imkon bölmaydi. Onlaynda esa istalgan vaqt va joyda axborot olsa böladi.

Zafar Hoşimov

Tadbirkor, Korzinka.uz asosçisi Zafar Hoşimov insonlar hayotida internetning örni yil sayin emas, kun sayin ösayotganini aytdi.

“Yildan yilga derdim, lekin kundan kunga internetning hayotimizdagi örni, uning odamlarga axborot yetkaziş ahamiyati oşib boryapti. Hozir intervyu jarayonida ham telefonimga internet orqali xabarlar kelayotganini sezyapman. Bu balki biror yangiliklar yoki xabarlar bölişi mumkin. Öz-özidan imkon qadar tezroq uni öqiş istagi paydo böladi”,- deya qayd etdi Korzinka.uz rahbari.

Bugun eng samarali reklama – internet reklamalardir

Turmuş tarzida internetning qamrovi ortişi öz örnida undan foydalanuvçilarning ehtiyojlari uçun xizmat qiladi. Özbekistondagi top-biznesmenlar internet orqali berilgan reklamalarni eng samarali reklama sifatida qayd etişmoqda. Çunki jamiyatdagi eng katta omma bugun internetda ötiribdi.

Murod Nazarov

Jumladan, Murad Buildings rahbari Murod Nazarov buning qulay tomonlari köpligini ta’kidladi: “Internet orqali berilgan reklamaning qulayliklaridan biri – uni tahlil qiliş imkoniyatining mavjudligida. Bu bilan berilgan reklamaning qançalik samarali bölganini biliş mumkin”.

Husan Mamasaidov

 “Ertalab uyqudan uyğonişimiz bilan telefonimizni qölga olib yangiliklardan xabardor bölişni xohlaymiz. Har bir korxona yoki brend egasi mahsulotini aholiga, jamiyatga yetkazmoqçi bölsa, odamlar vaqtini qayerga qaratişini bilib, öşa yerga e’tibor qaratişi biznesda juda muhim” deydi MFactor, Deli kabi taniqli brendlar egasi