Harakat rahbari Haybatulloh Oxundzoda hisoblanadi, ammo toliblarning ğalabasi haqida birinçi bölib uning örinbosari, taşkilotning siyosiy qanoti rahbari Abdulğani Birodar Dohadagi ofisdan turib e'lon qildi. Hozirça mamlakatni aynan kim birinçi rahbar sifatida boşqarişi va hukumat tarkibidan kimlar örin egallaşi tasdiqlanmagan. Ammo taşkilotning asosiy yetakçilari haqida ayrim ma'lumotlar bor.

1. Mavlaviy (boşqaruvçi) Haybatulloh Oxundzoda
Harakat asosçisi Mulla Umar (2013 yilda vafot etgani aytiladi) va uning vorisi mulla Axtar Mansur (2016 yilda halok bölgan)dan keyin toliblarga yetakçilikni qölga olgan uçinçi oliy qömondon. U hozirgi lavozimini 2016 yil mayida egallagan. Harbiy emas, köproq diniy ulamo sifatida ma'lum.

Mavlaviy Haybatulloh Oxundzoda - «Tolibon»ning uçinçi yetakçisi 
Foto: Afghan Islamic Press via AP

Oxundzoda janubdagi Qandahor viloyatida, tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra 1961 yilda tuğilgan. Uning otasi qişloq imomi bölgan.

1980-yillarda sovetlarga qarşi jang qilgan mujohidlar safiga qöşilgan, ammo töğridan töğri harbiy harakatlarda iştirok etmagan.

Keyin oilasi bilan Pokistonga köçib ötgan, uşbu mamlakat şimolidagi Kvetta şahrida örnaşgan hamda şu yerdagi madrasada tahsil olgan.

1994 yilda esa avvaliga diniy maktablarning radikal kayfiyatdagi talabalarini birlaştirgan, öşa vaqtda Pokiston hududida mulla Umar va uning uç hammaslagi tomonidan asos solingan «Tolibon»ga qöşiladi.

Toliblarning ilk boşqaruv davrida (1996-2001) harbiy sudni boşqaradi, oliy sud raisiga örinbosarlik qiladi. Öşanda toliblar televideniye, kino, musiqa, kosmetika, sport va 10 yoşdan katta qizlarning maktabda öqişini taqiqlaşgandi. Mamlakatda toşböron qiliş, qöl kesiş va omma oldida kaltaklaş kabi jazolar amal qilardi. Aynan Oxundzoda köplab fatvolar çiqargan.

Afğonistonda toliblar rejimi ağdarilgaç, Oxundzoda yana Pokistonga köçib, mamlakat janubi-ğarbidagi Kuçlak şahridagi madraca va diniy maktablarda dars bergan. Bu şahar Kvetta (kollegial boşqaruv organi - «Kvetta şörosi» ham şu yerda) yaqinida joylaşgan.