Sport | 10:48 / 21.08.2021
8470
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» Benzema bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi

Fransiyalik 33 yoshli hujumchi Karim Benzema «Real» bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, tomonlar kelishuvni 2023 yilga qadar uzaytirgan. Avvalgi shartnoma 2022 yilning iyun oyiga qadar imzolangandi.

Ma'lumot uchun, Benzema 2009 yilda «Lion»dan «Real» safiga kelib qo‘shilgandi. O‘tgan vaqt davomida Karim 3 karra La Liga chempioni va 4 karra Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan.

Mavzuga oid