Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda murojaatini qaytarib olish evaziga 180 mln so‘m so‘ragan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tovlamachilik bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi.
Jumladan, fuqaro X.Yo. Gurlan tumanidagi sobiq muqobil mashina traktor parki va uning yordamchi binolarini go‘yoki «G» MChJ rahbari noqonuniy ravishda sotib olganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yozgan murojaatlarini qaytarib olib, harakatdan to‘xtatishi evaziga, MChJ rahbaridan tovlamachilik yo‘li bilan 180 mln so‘m talab qilib, shundan 4 000 AQSh dollari va 74 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:34 / 19.06.2026
1400 dollar olgan hokim yordamchisi ushlandi
09:15 / 18.06.2026
Elektr tarmoqlariga ulab berish evaziga pul olgan mas’ullar ushlandi
13:14 / 14.06.2026
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi «chigirtkalar bosqini» yuzasidan izoh berildi
16:58 / 22.05.2026