Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlar yetishmovchiligi tufayli qurilish ustalarining oylik maoshlari miqdori o‘sdi
Qayd etilishicha, joriy yilning dastlabki yarim yilligida ish qidiruvchi migrantlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘zgarmagan, ammo migrantlar yollanadigan bo‘sh ish o‘rinlari soni o‘sgan.
2021 yilning birinchi yarmida qurilish ustalariga bo‘lgan talab oshdi, ishchi migrantlar yetishmovchiligi esa saqlanib qoldi, deb yozadi RBK HeadHunter servisi statistikasiga tayanib.
Qayd etilishicha, joriy yilning dastlabki yarim yilligida ish qidiruvchi migrantlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘zgarmagan, ammo migrantlar yollanadigan bo‘sh ish o‘rinlari soni o‘sgan. Raqobat bir ish o‘rniga bir-ikki da'vogarga tushib ketgan.
Servisning ma'lumot berishicha, yollanma ustalar olishni xohlaydigan maosh miqdori 15 foizga oshgan.
Moskvada plita yotqizuvchilarning o‘rtacha maoshi pandemiyadan avvalgi davrdagiga nisbatan 40 foizdan ortiqroqqa, PVX deraza o‘rnatuvchilarniki 25 foizdan ortiqroqqa, elektr gaz payvandlovchilarning oyligi 20 foizdan ortiqroqqa oshgan.
Qurilish sohasidagi bo‘sh ish o‘rinlari soni 210 foizga o‘sgan.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026