Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda o‘zboshimchalik bilan yerlarni egallab olish 1076 taga yetdi
Sirdaryo viloyatida 1076 ta holatda 30,20 gektar yer maydonidan fuqarolar va mansabdor shaxslar noqonuniy tarzda foydalanib kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda viloyat kadastr boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.
O‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra:
- uy-joy qurish uchun - 252 ta holatda (8,72 gektar)
- noturar joy qurish uchun - 757 ta holatda (8,55 gektar)
- dala-tomorqa va boshqa maqsadlar uchun - 67 ta holatda (12,92 gektar) foydalanilayotganligi aniqlandi.
Hozirda o‘zboshimchalik bilan egallangan 294 ta (10,44 gektar) yer maydonida qonunbuzilish holatlari bartaraf etildi.
Qolgan 783 ta (19,74 gektar) qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga ma'lumot kiritildi.
Avvalroq, Sirdaryo viloyatida 337 nafar fuqaro va mansabdor shaxs kadastr qoidalarini buzganligi ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
15:42 / 09.01.2026
“Sen “go‘sht”san, o‘liging ham, tiriging ham bizniki, deyishdi” – Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan sirdaryolik yigit hikoyasi
12:19 / 30.12.2025
Sirdaryoda mashina kanalga tushib ketishi oqibatida 4 yigit halok bo‘ldi
09:13 / 27.12.2025
Bozor xizmatlari hajmi e’lon qilindi: eng past ko‘rsatkich Sirdaryoda
19:24 / 20.12.2025