Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Panjsherdagi vaziyat Rossiyaning ta'siri orqali hal qilinishi mumkin deb hisoblamoqda
Suhayl Shahinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya “Afg‘onistondagi tinchlik va yarashuv ishiga hissa qo‘shishi mumkin, Rossiyaning roli doimo ma'qullangan”.
Rossiyaning ta'sir ko‘rsatishi “Tolibon”ga bo‘ysunmagan Panjsher viloyatidagi vaziyatni hal qilishga yordam berishi mumkin. Bu haqda toliblarning Qatardagi siyosiy ofisi vakili Suhayl Shahin aytdi.
“Bu Rossiya ta'siridan foydalangan holda muhokama qilinadi deb o‘ylayman. Bu ma'qullanadi va qadrlanadi”, – dedi Shahin toliblar Rossiyaning Kobuldagi elchisi Dmitriy Jirnovdan qarshilik kuchlari bilan muzokaralarda vositachilik qilishni so‘ragani to‘g‘risidagi savolga javoban.
Shahinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya “Afg‘onistondagi tinchlik va yarashuv ishiga hissa qo‘shishi mumkin, Rossiyaning roli doimo ma'qullangan”.
Toliblar 15 avgust kuni Afg‘onistonda hukumatni qo‘lga kiritdi. Panjsher ular nazoratiga o‘tmagan yagona viloyat bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026