Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Panjsherga kira olmagani aytilmoqda
Avvalroq bir nechta OAV toliblar seshanbaga o‘tar kechasi Panjsherga kirgani to‘g‘risida xabar tarqatgandi.
Afg‘onistonning Panjsher viloyatidagi vaziyat osoyishtaligicha qolmoqda. Hozircha toliblar otryadlari viloyat chegarasidan o‘tolmadi, deb xabar berdi TASS o‘z manbasiga tayanib.
“Toliblar avval ham, hozir ham Panjsherga kira olmadi. Ular viloyat chegarasini kesib o‘tgani haqidagi xabarlar yolg‘on. Viloyatdagi vaziyat osoyishta”, – degan agentlik manbasi.
Avvalroq bir nechta OAV toliblar seshanbaga o‘tar kechasi Panjsherga kirgani to‘g‘risida xabar tarqatgandi.
Bundan tashqari, manbaning so‘zlariga ko‘ra, toliblar Panjsherdagi qarshilik harakati rahbari Ahmad Mas'ud bilan kelishuvga erisha olmagan.
“Anas Haqqoniy tinchlik haqida kelishish uchun bu yerga keldi, ammo Ahmad Mas'ud toliblar taklifini rad etdi”, – dedi u.
Hozircha Panjsher tolibon nazorat o‘rnatmagan yagona hudud bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026