Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imomali Rahmon Afg‘onistonda ushbu mamlakat tojiklari ishtirokida inklyuziv hukumat tuzishni taklif qildi
Tojikiston milliy ozchilik nuqtayi nazari hisobga olinmagan, ta'qib qilish va ajratib qo‘yish yo‘li bilan tuzilgan hech qanday boshqa hukumatni hech qachon tan olmasligini bildirdi.
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiyni qabul qildi, deb xabar berdi Aziya-Plyus.
Qayd etilishicha, suhbat davomida Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilindi.
Tomonlar Afg‘oniston gumanitar inqiroz yoqasida turgani hamda afg‘on muammosi mintaqaviy va dunyoviy muammoga aylanganini ta'kidladi.
Tojikiston tomoni mamlakatdagi xavfsizlik muammosini hal qilish uchun barcha milliy ozchilik, ayniqsa, Afg‘oniston aholisining 46 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etuvchi tojiklar ishtirokidagi inklyuziv hukumat tuzish zarurligini bildirdi.
“Tojiklar Afg‘onistonning bo‘lajak hukumatida munosib o‘rin egallashi darkor. Tojikiston butun afg‘on xalqi, barcha milliy ozchilik nuqtayi nazari hisobga olinmagan, ta'qib qilish va ajratib qo‘yish yo‘li bilan tuzilgan hech qanday boshqa hukumatni hech qachon tan olmaydi”, deyiladi Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, faktlar toliblar mamlakatning boshqa siyosiy kuchlari ishtirokidagi vaqtinchalik o‘tish hukumatini tuzish to‘g‘risidagi avvalgi va'dalaridan voz kechib, islom amirligini tuzishga tayyorlanayotganini ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
18:01 / 04.02.2026
Rog‘un GES Amudaryo ekotizimlari tanazzulini yuz yilga uzaytiradi – ekologlar
12:20 / 02.02.2026
Jibek Joly turistik poyezdi Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikistonni yagona yo‘nalishda bog‘laydi
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026