O‘zbekiston | 09:21 / 25.08.2021
2608
2 daqiqa o‘qiladi

O‘z ismini oshkor qilishni istamagan homiylar Samarqand shahrida maktab qurib berdi

Samarqand shahridagi 9-informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan tayanch maktabda 300 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilgan. Viloyat xalq ta'limi boshqarmasining xabar berishicha, ushbu bino ismini oshkor qilishni istamagan homiylar tomonidan qurib berilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, Samarqand shahrida joylashgan 9-informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan tayanch maktabda yangidan qurilayotgan 300 o‘rinli qo‘shimcha bino ayni paytda bitgan. Jihozlash ishlari ham yakunlangan. Loyihaga ko‘ra, binoda 10 ta sinfxona, to‘garaklar va texnologiya xonalari bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Sinfxonalarga 7 ta interaktiv, 3 ta markerli doskalar o‘rnatilgan.

Qayd etilishicha, hozirda sport va faollar zallari, oshxonalarning yakunlovchi ta'mir ishlari olib borilmoqda. Ushbu binolarni tabiiy gaz va ko‘mir bilan isitishga mo‘ljallangan zamonaviy qozonlar ham o‘rnatilgan.

Ta'kidlanishicha, mazkur bunyodkorlik ishlarining barchasi maktabning sobiq bitiruvchilari, tadbirkorlar tomonidan homiylik asosida amalga oshirilmoqda. Ularning iltimosiga ko‘ra, maktab direktori homiylarning ismini oshkor qilmagan.

Mavzuga oid