Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Pokiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 avgust kuni Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshiyni qabul qildi.
Davlat rahbari O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari jadal sur'atlar bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Joriy yilning iyul oyida Toshkent shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar strategik sheriklik prinsiplariga asoslangan ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqchini boshlab berdi.
Tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshiy Pokiston bosh vaziri Imron Xonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda O‘zbekiston yetakchisiga mintaqada barqarorlik va ravnaqni ta'minlash borasidagi faol sa'y-harakatlari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Afg‘onistondagi vaziyat rivojiga alohida e'tibor qaratildi. Mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash jihatlari yuzasidan yaqin idoralararo aloqalar va almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani ta'kidlandi.
Shuningdek, «Termiz – Mozori Sharif – Kobul - Peshovar» temir yo‘lini qurish loyihasini birgalikda yanada ilgari surishga intilish qat'iy ekanligi tasdiqlandi.
Mavzuga oid
20:57 / 03.01.2026
O‘zbekiston va Pokiston huquqni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni kengaytiradi
01:00 / 21.12.2025
Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon va uning rafiqasi yana 17 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
10:55 / 13.12.2025
Karachida hibsdagi o‘zbekistonlik: elchixona ishni nazoratga oldi
20:41 / 06.12.2025