Bu doiralarga köra, agar Pokiston xohlaganda edi, «Tolibon» ustidagi öz kuçidan foydalanib, zöravonlikni töxtatişi yoki taşkilotning yangidan quvvatga tölib, qaytişiga yöl qöymasligi mumkin edi.

Pokiston esa «Tolibon»ga nisbatan bunday ta'sir kuçiga ega ekanligini inkor etadi.

Afğoniston va Pokiston örtasida 70 yildan beri davom etayotgan ziddiyat va hokimiyat uçun kuraş Pokistonni Afğoniston içidagi turli guruhlarni qöllab-quvvatlaşga yönaltirdi.

Şu sababli, mintaqada nodavlat guruhlarni kuçaytirmaslik va barqarorlikni ta'minlaş uçun qilinişi lozim bölgan iş – Pokiston va Afğoniston örtasida töliq hamkorlik va tinçlikni ta'minlaşdir.

Xöş, bu keskinlik va Pokistonning tutgan yöli bugun vujudga kelgan vaziyatga qanday ta'sir körsatdi?

Buyuk Britaniyaning mintaqadan çiqib ketişi bilan boşlangan ziddiyat

Britaniyaning Pokiston va Bangladeşni ham öz içiga olgan imperiyaviy boşqaruvi Hindistonda 1940-yillarga qadar davom etadi.

Inglizlar mintaqada kuçli mavqega ega bölgan paytda, 1919 yilgaça (avval amirlik, keyin esa qirollik bölgan) afğonlar va inglizlar örtasida uç marta uruş böladi. 1919 yilda yakunlangan oxirgi uruşdan keyin inglizlar afğonlarning mustaqilligi va suverenitetini tan oladi.

Bu jarayonda 1893 yil Britaniya hukmronligi ostidagi Hindistonning bosimi ostida Durand çiziği deb nomlangan va puştunlar yaşagan mintaqani ikkiga böluvçi çegara çiziği loyihasi qabul qilinadi.

Biroq Angliyaning mintaqadan çiqib ketişi va 1947 yilda Pokistonning mustaqillik e'lon qilişi ortidan Afğoniston amalda çegara vazifasini ötamaydigan va har kuni ön minglab puştunlar ötadigan bu çiziqni rasman tan olişni istamaydi.

Buning asl sababi Pokistondagi puştunlarning öz mintaqasidagi puştunlar bilan yaqin munosabatlarni davom ettiriş orqali avtonom hudud yaratiş uçun ular bilan hamkorlik qilişi edi. 1947 yil BMTda Afğoniston Pokistonni suveren davlat sifatida tan olmaydi.

Şu tariqa, ikki suveren davlat – Afğoniston va Pokiston örtasidagi ziddiyat boşlanadi. Pokiston mustaqil bölgunga qadar puştunlarning mustaqilligini qöllab-quvvatlagan Afğoniston Pokistonning mamlakat içidagi ba'zi qurolli guruhlarni qöllab-quvvatlaşiga e'tiroz bildiradi.