Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiada sovrindorlariga avtomobillar bilan birga “chiroyli” raqamlar ham sovg‘a qilingan
Bahodir Jalolov va Bekzod Abdurahmonovga sovg‘a qilingan avtomobillarga “chiroyli” raqamlar taqilgan. YHXBB Kun.uz so‘roviga javoban bu raqamlar sportchilarga auksion orqali emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri, hukumat qaroriga asosan taqdim etilganini ma'lum qildi.

Tokio olimpiadasi sovrindorlari Bahodir Jalolov va Bekzod Abdurahmonovga sovg‘a qilingan avtomobillarga “chiroyli” raqamlar taqilgan.
Bu holatga e'tibor qaratgan Spors.uz sayti “chiroyli” raqamlarni sportchilarning o‘zlari tanlagani haqida yozdi.
Ma'lum bo‘lishicha, chempion Bahodir Jalolov sovg‘a sifatida olgan Tahoe avtomobiliga 01 S 555 SS davlat raqami, bronza medali sohibi Bekzod Abdurahmonovning Trailblazer avtomobiliga esa 01 H 777 HH davlat raqami taqilgan.

IIV YHXBB axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova Kun.uz bilan suhbatda ma'lum qilishicha, “chiroyli” raqamlar sportchilarga auksion orqali emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri taqdim etilgan.
Sultonovaning qo‘shimcha qilishicha, chiroyli raqamlar olimpiada sovrindorlarini taqdirlash bo‘yicha chiqarilgan hukumat qaroriga asosan, avtomobil va boshqa sovg‘alarga qo‘shimcha ravishda tuhfa qilingan.
Ma'lumot uchun, talabgir avtoraqamlar bo‘yicha auksion o‘tkazish tartibi hukumat qarori bilan belgilangan. Unga ko‘ra, Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan, 777 hamda 555 raqamlar kombinatsiyasiga ega hamda bir xil kombinatsiyadagi harflardan iborat davlat raqamlari BHMning 130 baravari (31 mln 850 ming so‘m) miqdoridagi boshlang‘ich narx bilan auksionga chiqariladi.
Mavzuga oid
18:18 / 10.05.2026
Bahodir Jalolov Angliyadagi boks oqshomida raqibini texnik nokaut bilan yengdi
10:10 / 07.10.2025
Bahodir Jalolov professional boksdagi navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
16:32 / 13.06.2025
Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi
08:07 / 06.04.2025