Jahon | 19:33 / 27.08.2021
4460
1 daqiqa o‘qiladi

Daniyada barcha karantin cheklovlari bekor qilinadi

Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda aholining 80 foizdan ortig‘i koronavirusga qarshi emlangan. 

Daniyada 10 sentyabrdan koronavirus epidemiyasi sababli kiritilgan barcha cheklovlar bekor qilinadi. Bu haqda Daniya Cog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.

Hukumat aholini emlash darajasi yuqoriligi bois ana shunday qarorga keldi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Magnus Xoynikening so‘zlariga ko‘ra, Daniyada pandemiya “nazorat ostida”.

Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda aholining 80 foizdan ortig‘i koronavirusga qarshi emlangan. 

Daniyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 340 mingta holat qayd etilgan, 2,5 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid