Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda Neksiya bilan to‘qnashgan velosiped haydovchisi vafot etdi
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida Neksiya velosipedda ketayotgan shaxsni urib yuborgan. Oqibatda velosiped haydovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 23 avgust kuni soat 20:00 larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-100 avtomobil yo‘lining Qiziriq tumani hududidan o‘tgan 69-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Neksiya haydovchisi tumanning Yangiobod mahallasi hududida o‘zidan oldinda ketayotgan mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lganda yo‘lning qarama-qarshi tomonidan velosiped boshqarib kelayotgan shaxsni urib yuborgan.
Oqibatda 2000 yilda tug‘ilgan velosiped haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. Dastlabki surishtiruvlarda velosiped haydovchisi yo‘lning qatnov qismidan harakatlanib kelayotgani aniqlangan. Shuningdek, o‘zidan oldinda ketayotgan mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lgan Neksiya haydovchisi ham tezlikni me'yordan oshirgan.
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandan so‘ng Neksiya haydovchisi tez tibbiy yordam mashinasini chaqirgan va tuman IIBga hodisa haqida xabar bergan.
Mavzuga oid
23:31 / 16.01.2026
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning o‘g‘li Adam og‘ir «avariya»ga uchragani aytildi
10:48 / 15.01.2026
Yunusobod tumanida uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
21:52 / 14.01.2026
5 yil davomida YTHlar kamayish dinamikasi saqlanib qoldi – YHXX
12:40 / 14.01.2026