Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1100 ga yaqin oilaviy korxonadan 1,5 mlrd so‘m asossiz daromad olingan
AOKAda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Manzura Hasanova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda hal etilgan murojaatlar tahlil qilindi.
Qayd etilishicha, 2021 yilning 1-yarim yilligida 376ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (shundan 295ta yuridik hamda 81ta jismoniy shaxslar) ko‘rib chiqilib, jami 7 mlrd 600 mln so‘m mablag‘lar qayta hisob-kitob qilingan.
Bundan tashqari, 2020 yil hamda 2021 yilning 6 oyi davomida oilaviy korxonalarga elektr va issiqlik energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi (kanalizatsiya) tariflarining to‘g‘ri qo‘llanilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.
Ta'kidlanishicha, belgilangan tariflarning noto‘g‘ri qo‘llanilishi natijasida 2020 yil va 2021 yilning 6 oyi davomida respublika bo‘yicha 1100 ga yaqin oilaviy korxonalardan 1 milliard 503 million so‘m, shu jumladan tabiiy gaz bo‘yicha 50ta oilaviy korxonadan 272 million 900 ming so‘m, elektr energiyasi bo‘yicha 915ta oilaviy korxonadan 1 milliard 204 million so‘m, suv ta'minoti bo‘yicha 134ta oilaviy korxonadan 26,5 mln so‘m asossiz daromad olingani holatlari aniqlangan.
Mavzuga oid
09:45 / 07.04.2026
O‘zbekistonda “spin-off” korxonalari tashkil etiladi
08:54 / 14.03.2026
Hududlar kesimida korxona va tashkilotlar soni ochiqlandi
14:43 / 09.03.2026
O‘zbekiston sanoati: qaysi yo‘nalishlarda korxonalar ko‘proq?
12:36 / 19.02.2026