23:32 / 28.08.2021
9676

APL. «Chelsi» «Enfild»dagi «jang»da durangga erishdi

Angliya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda «Liverpul» o‘z maydonida «Chelsi»ga qarshi bahs yuritdi.

Murosasiz bellashuvda kuchlar teng keldi. Havertsning goliga Saloh penaltidan javob berdi. E'tiborlisi, London klubi 1-bo‘lim so‘ngida kamchilikda qoldi — Ris Jyeyms darvozaga kirib ketayotgan to‘pni qo‘li bilan qaytargani uchun maydondan chetlatildi. Ikkinchi bo‘limda asosiy e'tiborni himoyaga va qarshi hujumga qaratgan «ko‘klar» yakunda «Enfild»dan 1 ochko bilan qaytishdi.

Durangdan so‘ng ikkala jamoa ham ochkolarini 7taga yetkazib, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni bo‘lishib turishibdi. 

APL. 3-tur
Liverpul — Chelsi 1:1
28 avgust, «Enfild»

Gollar: Saloh (45+5, penalti) — Haverts (22). 
Liverpul – Alisson, Aleksandr-Arnold, Matip, Van Deyk, Roberson (Tsimikas, 86), Fabino, Henderson (Alkantara, 75), Elliot, Mane, Saloh, Firmino (Jota, 43).
Chelsi – Mendi, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Jyeyms, Jorjino (Chaloba, 86), Kante (Kovachich, 46), Alonso, Maunt, Lukaku, Haverts (Silva, 46).
Ogohlantirishlar: Ryudiger (45+3), Mendi (45+5).
Chetlatish: Jyeyms (45+3).

Top