Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV Xorazmda vaksina olgandan keyin ahvoli og‘irlashgan fuqaro bilan bog‘liq vaziyatni nazoratga oldi
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida vaksina olgandan keyin ahvoli og‘irlashgan fuqaro haqida videolavha tarqaldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, vazirlik ushbu vaziyatni nazoratga oldi. Bemorning ahvolini o‘rganish va bu holat nima sababdan yuz berganiga aniqlik kiritish maqsadida tezkor mutaxassislar guruhi tuzilgan.
Qayd etilishicha, ishchi guruh tarkibiga mamlakatning tajribali infeksionist, reanimatolog, oftalmolog, virusolog, immunolog, nevropatolog, psixolog kabi mutaxassislari kiritildi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berilishi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni kungacha mamlakatda jami 13 751 939 doza vaksinadan foydalanilib, to‘liq emlangan fuqarolar soni 1 670 949 nafarga yetgan. Respublikada qo‘llanilayotgan vaksinalar bilan emlangan aholi vakillarida birorta jiddiy salbiy ta'sir kuzatilmagan.
Mavzuga oid
11:00 / 02.04.2026
Xorazmda yangi ilmiy markaz: Ma’mun universiteti innovatsiya va ta’limni birlashtirmoqda
08:33 / 30.03.2026
Narkosavdo va noqonuniy dorilarga qarshi tezkor operatsiyalar o‘tkazildi
21:48 / 03.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatidagi islohotlar natijadorligi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
15:21 / 02.03.2026