Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milanda yong‘in binoning 15 qavatini to‘liq qamrab oldi
Milanning janubida ko‘p qavatli turar joy binosi yonib ketdi, deb xabar bermoqda mahalliy Corriere della Sera nashri.
Foto: Facebook
“Ehtimol, 15-qavatdan boshlangan yong‘in darhol tashqi qoplama orqali butun binoga tarqalgan”, deyiladi xabarda.
Hozir voqea joyida o‘nlab tez yordam va o‘t o‘chiruvchi mashinalar bor. Qutqaruvchilar uy aholisining bir qismini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lishdi, ba'zilari tutunning hidini sezib, darhol binoni tark etishgan.
Bino balandligi 60 metr, uning tashqi qoplamasi polistirol mahsulotidan qilingan. Nashrning xabar berishicha, binoda 70ta oila istiqomat qiladi.



Italiyaning La Stampa nashrining yozishicha, binoning yuqori qavatida hali ham olov yonmoqda va binodan qora tutunning qalin ustuni ko‘tarilgan. Bino atrofi o‘rab olingan.
Bino tashqarisidagi qurilish ashyolaridan binoda ta'mirlash ishlari olib borilayotganini bilish mumkin. Nashr yong‘in o‘sha yerdan boshlanganini istisno qilmaydi.
Mavzuga oid
22:01 / 02.02.2026
Aviator’dagi yong‘indan so‘ng O‘zbekiston bo‘ylab shu kabi obektlarni tekshirish boshlandi
12:50 / 02.02.2026
Koreyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqidagi xabarlar rad etildi
11:35 / 02.02.2026
Aviator’dagi yong‘in yuzasidan jinoiy ish ochildi
09:31 / 02.02.2026