Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
31 avgust kuni respublika bo‘yicha havo kam bulutli bo‘ladi
31 avgustda kunduz kuni respublika bo‘yicha havo kam bulutli, faqat Toshkent viloyatida bulutli bo‘ladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 30-35 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 32-34 daraja issiq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 20-25 daraja issiq bo‘ladi.