Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyada COVID-19 sababli yangi cheklovlar kiritildi
Gruziya hukumati huzuridagi koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash shahar transporti harakatiga qo‘yilgan taqiq muddatini uzaytirdi va o‘quv yilini masofaviy boshlashga qaror qildi.
Murakkab epidemiologik vaziyat sababli jamoat transporti harakatiga qo‘yilgan cheklov 13 sentyabrgacha uzaytirildi. Avvalroq shahar transporti 14 avgustdan 4 sentyabrgacha to‘xtatilgandi.
Xabar qilinishicha, maktab va oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayoni 15 sentyabrdan emas, 4 oktyabrdan boshlanadi. Bolalar bog‘chalari ham 4 oktyabrdan ish boshlaydi.
Gruziya sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, mamlakatda o‘tgan sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 4 778 holat aniqlangan. Pandemiya boshlanganidan buyon Gruziyada 549 811 kishi koronavirus yuqtirgan, 7 408 nafar bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
22:03 / 19.03.2025
Braziliyadagi ko‘rshapalaklarda yangi koronavirus topildi
15:37 / 21.02.2025