O‘zbekiston | 18:10 / 31.08.2021
5201
4 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Tataristondagi “Kazan Expo” Xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

Tatariston Respublikasining Qozon shahrida 2021 yil 31 avgust kunidan 2 sentyabrga qadar “Kazan Expo” Xalqaro ko‘rgazma markazida bo‘lib o‘tadigan Rossiya neft va gaz sanoatining eng yirik xalqaro tadbirlaridan biri - Tatariston neft va gaz-kimyo forumi o‘z ishini boshladi.

Tadbir Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovning tashabbusi va ishtirokida Tatariston Respublikasi Sanoat va savdo vazirligi, Tatariston Respublikasi Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi, Davlat boshqaruvi, Raqamli rivojlanish vazirligi, Tatariston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi, Tatariston Respublikasi qurilish, arxitektura va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Tatariston Respublikasi transport va yo‘llar vazirligi, “Tatnefteximinvest-xolding” OAJ, “Tatariston Respublikasi Fanlar akademiyasi” davlat ilmiy budjet muassasasi, “Kazanskaya Yarmarka” OAJ va “Qozon Ekspo” Avtonom notijorat tomonidan tashkillashtirildi.

Yirik biznes dastur va Xalqaro “TatOilExpo” ko‘rgazmasi rejalashtirilgan ushbu ko‘rgazmada Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “O‘zbekneftgaz” AJ xodimlari ham ishtirok etmoqda.

Rossiya va Markaziy Osiyo neft-gaz sanoati yetakchi mutaxassislarining ekspozitsiyalarini birlashtirgan ushbu Xalqaro ko‘rgazmada gaz va neft uskunalari ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilari, neft korporatsiyalari va holdinglari, neft va gazni qazib olish, qayta ishlash korxonalari, neftga xizmat ko‘rsatish hamda qidiruv kompaniyalar qatnashmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ, Innopolis universiteti neft va gaz texnologiyalari markazi, Skolkovskiy fan va texnika instituti, “Ideya” innovatsion va ishlab chiqarish texnoparki, “XK Kama-Traks” MChJ, “PK POLIGRAN” MChJ, “Torgovo” MChJ, “MTZ-Tatariston ishlab chiqarish kompaniyasi”, “Sinergiya Texnologiya” MChJ, Tatariston Respublikasi “Farmedpolis” tibbiy sanoat parki, “Kazanskiy zavod sinteticheskogo kauchuka” AJ, “Eko-trans” MChJ, “Treyd Injiniring” MChJ, “PROMTeX”, Mashinasozlik klasteri, YeIZ “Innopolis”, “Zavod Sokol” MChJ, Kuybishevskaya temir yo‘li –“Rossiya temir yo‘llari” AJ filiali, “Quduqlarni ishlatishning yangi texnologiyalari” MChJ NPO va shu kabi boshqa kompaniyalar o‘zlarining ishlab chiqarish imkoniyatlarini namoyish etmoqda.

Ushbu tadbirga tashrif buyurgan Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov O‘zbekiston tomonining ko‘rgazmalari bilan tanishib chiqdi va o‘z navbatida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi bilan neft-gaz sohasida suhbatlashdi.

Ushbu Forum davomida Rossiyaning yoqilg‘i-energetika kompleksining rivojlanishi muhokama qilinishi barobarida, suyuqlik va gazlar oqimi tezligi, uning miqdorini o‘lchashni metrologik qo‘llab -quvvatlash, sanoat ekologiyasi, geodeziya hamda geoinformatsion tizimlarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Ta'kidlash kerakki, 1 sentabr kuni Biznes dasturi doirasida CREON Conferences tomonidan “Kazan Ekspo” notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Poleolefinlar 2021” XVIII xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, tadbir davomida Rossiya poliolefin bozori qanday rivojlanishi haqida muhokamalar o‘tkaziladi.

Konferensiyaning asosiy mavzulari:

  • jahon va ichki poliolefin bozorlarining analitik tahliliy sharhi;
  • narxlar o‘ynashi — bozor narxlarini ushlab turishning mumkin bo‘lgan mexanizmlari;
  • Rossiya Federatsiyasi va MDH davlatlari hududida yangi loyihalarni ko‘rib chiqish;
  • poliyetilen va polipropilenni ikkilamchi qayta ishlash;
  • poliolefinlar bozorini qayta yo‘naltirish: istiqbolli iste'mol segmentlari.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid