Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati: mustaqil O‘zbekistonda 27 yillik faoliyat
«O‘zbekinvest» kompaniyasi barcha 17 ta sug‘urta klasslari bo‘yicha faoliyat yurituvchi universal sug‘urta kompaniyasi bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslar uchun sug‘urta xizmatlarining keng spektrini taqdim etib kelmoqda.
Tadbirkorlar va eksportchilarga sug‘urta yordamini doimiy ravishda ta'minlash orqali, kompaniya mahalliy biznesning xalqaro tovar va xizmatlar bozorlarida raqobatbardoshligini qo‘llab-quvvatlab, import o‘rnini bosuvchi innovatsion ishlab chiqarishlarni tashkil etish, O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini bermoqda.
«O‘zbekinvest» kompaniyasining mustaqillik yillaridagi tarixi faol sug‘urta faoliyatining boshlanishi, xalqaro sug‘urta bozoriga kirish, yuqori obro‘-e'tiborga erishish, moliyaviy barqarorlik va to‘lov qobiliyatini tasdiqlash davrlarini o‘z ichiga oladi.
Jumladan, 1997 yilning oktyabr oyida «O‘zbekinvest» Bern Ittifoqi – 70 dan ortiq mamlakatning 82 ta tashkilotini birlashtirgan Xalqaro Kredit-Investitsiya Sug‘urta Agentliklari Uyushmasi – «International Union of Credit and Investment Insurers»ning to‘laqonli a'zosi bo‘ldi.
2004 yil dekabr oyida «O‘zbekinvest» sifat menejmenti tizimining ISO-9001 xalqaro standartiga muvofiqligini tasdiqlovchi O‘zbekiston moliya bozorining birinchi kompaniyasi bo‘ldi.
2009 yilning yanvar oyida, kompaniya xalqaro reyting agentligi «Moody's Investors Services Ltd»dan xalqaro moliyaviy barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan birinchi tashkilot bo‘ldi.
Bu yutuqlarning barchasi kompaniya tomonidan sug‘urta biznesining dunyo yetakchilari tomonidan ishonch va e'tirofini oshirdi, keyinchalik tijorat tavakkalchiliklarini qayta sug‘urtalash bo‘yicha transmilliy, deb e'tirof qilingan “Allianz SE” (Germaniya), “Zurich Insurance Group” (Shveytsariya), “Tokio Marine & Nichido Fire Insurance Co” (Yaponiya), “AXA” (Fransiya), “People Insurance Company of China” (Xitoy), “Korean Reinsurance Company” (Koreya), «Sogaz» va «Ingosstrax» (Rossiya), “Marsh” (AQSh), “AON” va “UIB” (Buyuk Britaniya) kabi global sug‘urta va qayta sug‘urtalash kompaniyalari hamda brokerlari bilan tizimli hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Kompaniya faoliyatining rivojlanishiga yangi sur'at bag‘ishlagan tamoyillardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017 yilda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini, shu jumladan, iqtisodiyot va moliya sohalarini jadal rivojlantirishni ta'minlagan iqtisodiyotni isloh qilish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturning amalga oshirilishi bo‘ldi.
2017 yil dekabr oyida «O‘zbekinvest» kompaniyasi 40 dan ortiq sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalarini birlashtiruvchi Ummon Ittifoqining to‘laqonli a'zosiga aylandi.
Shuni ta'kidlash kerakki, o‘tgan yildagi koronavirus COVID-19 tufayli davom etayotgan pandemiya, dunyoning deyarli barcha mamlakatlaridagi iqtisodiy va ijtimoiy cheklovlar yuzaga kelishi va iqtisodiyotning ayrim sohalarining beqaror ishlashiga qaramay, kompaniya uchun 2020 yil muvaffaqiyatli yil bo‘ldi, kompaniya yangi yutuqlarga erishdi va yetakchilik mavqeyini mustahkamladi.
Xususan, 2020 yilda «O‘zbekinvest» kompaniyasi «barqaror» prognozi bilan “AM Best Company” xalqaro reyting agentligining (AQSh) moliyaviy barqarorlik reytingini olgan milliy moliya bozorining birinchi kompaniyasi bo‘ldi.
Ushbu yangiliklar tufayli kompaniya 2020 yil yakunlariga ko‘ra 262,9 mlrd so‘mlik sug‘urta mukofotlarining yalpi yig‘ilishini ta'minlab, milliy sug‘urta bozorida yetakchilikni mustahkamladi.
Yaqin kelajakda kompaniya tomonidan strategik vazifalar majmuasini amalga oshirish, jumladan, mahalliy mahsulotlarning xorijiy mamlakatlarga eksportini sug‘urtalash siyosatini davom ettirish, xorijiy va mahalliy investorlar va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillarini turli tavakkalchiliklardan sug‘urtalash bo‘yicha izchil ishlar davom ettiriladi, bu esa o‘z navbatida O‘zbekistonning xalqaro tovar va xizmatlar bozorlarida barqaror mavqeyiga, eksport ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishiga, shuningdek, milliy iqtisodiyotning samarali rivojlanishiga va o‘sishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
«O‘zbekinvest» EISK AJ Matbuot xizmati
Mavzuga oid
10:00 / 19.06.2026
«O‘zbekinvest» TXIF-2026 doirasida investitsiyalarni sug‘urtaviy qo‘llab-quvvatlash sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlamoqda va kengaytirmoqda
10:00 / 09.06.2026
«O‘zbekinvest» Shveytsariya sug‘urta bozorining yetakchi kompaniyalari bilan global hamkorlikni rivojlantirmoqda
10:00 / 21.05.2026
“O‘zbekinvest” EISK AJ hududiy filiallari rahbarlari Xitoyda malaka oshirdi
10:00 / 23.04.2026