Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Shimoliy Koreyaga safarlarga taqiqlovni bir yilga uzaytirdi
AQSh davlat departamenti amerikalik fuqarolarga Shimoliy Koreyaga safar uyushtirishga taqiqlovni yana bir yilga uzaytirdi.
“Davlat departamenti AQSh fuqarolariga ularning jismoniy xavfsizligiga hamon jiddiy xavf bor, deb hisoblamoqda”, deb aytilgan departament bayonotida.
“Shu sababli AQShdagi barcha pasportlar Shimoliy Koreyaga, u bo‘ylab va u orqali safarlar uyushtirish uchun haqiqiy bo‘lmay qoladi”, deb aytilgan xabarda.
Taqiqlov 2022 yil 31 avgustgacha amal qiladi.
Amerikaliklarga Shimoliy Koreyaga safar uyushtirishga taqiqlov ilk bor 2017 yilda o‘sha vaqtdagi davlat kotibi Reks Tillerson tomonidan kiritilgan. Bunga Shimoliy Koreyada hibsda ushlab turilgan amerikalik talaba Otto Uormbiyer kasallikka uchrab, koma holatida AQShga jo‘natilgani va u yerda vafot etgani sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:56
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026