Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bir paytlar bu rekordga hech qachon yetib bora olmayman, deb o‘ylaganman». Ronaldu Ali Daiyning «o‘zgarmas» rekordini yangiladi
Yevropa qit'asida JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan Portugaliya - Irlandiya (2:1) bahsida mezbonlar 89 va 90+6-daqiqalarda Krishtianu Ronaldu tomonidan urilgan gollar evaziga irodali g‘alabaga erishishdi.
Shu tariqa Ronaldu Portugaliyadagi gollarini 111taga yetkazib, milliy jamoalar miqyosida eng ko‘p to‘p kiritgan eronlik sobiq hujumchi Ali Daiyning rekordini (109) yangiladi.
Hujumchi o‘yindan so‘ng «instagram» sahifasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Hatto so‘z topa olmayapman! Xursandman! Bu — ajoyib tuyg‘u! Olg‘a, Portugaliya! Faoliyatim davomida men qo‘ygan rekordlar ko‘p, ammo bunisi bilan juda ham faxrlanaman.
Mamlakatim sharafini himoya qilishim o‘ziga xos lahzadir, chunki portugaliyaliklar qanday kuchga ega ekanligini ko‘rsatayotganimni bilaman. 111ta gol butun dunyodagi millionlab portugaliyaliklarning birligi uchun. Ular uchun qurbon bo‘lsang, arziydi. Bu yutuqni yuqori baholashimning yana bir sababi — Ali Daiy standartni shu qadar yuqori qo‘ygandiki, hatto bir paytlar rekordga hech qachon yetib bormasligimni o‘ylay boshladim. Rekordni uzoq vaqt saqlagani uchun Alini tabriklayman va har safar gol urganimda menga hurmat ko‘rsatgani uchun rahmat aytaman.
Rahmat, Portugaliya! Unutilmas sayohat uchun barcha jamoadoshlarim va raqiblarga tashakkur. Davom etamiz. Hozircha hisobni yopmoqchi emasman», — deb yozadi Ronaldu.
Shuningdek, 36 yoshli futbolchi milliy jamoadagi bahslar soni bo‘yicha (180) ispaniyalik himoyachi Serxio Ramosga qarashli Yevropa rekordini takrorladi. Malayziyalik So Chin Aunga tegishli jahon rekordiga (195) esa 15ta o‘yin qoldi.
Mavzuga oid
18:03 / 11.06.2026
Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari
16:03 / 27.05.2026
Forbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi
11:34 / 22.05.2026
Ronaldu nihoyat Saudiyada chempion bo‘ldi
20:28 / 19.05.2026
