Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yashayotgan turli millatlar vakillari o‘z farzandlariga eng ko‘p qaysi ismlarni qo‘yayapti?
2021 yilning 8 oyida O‘zbekistonda 54 660 nafar o‘zga millatga mansub chaqaloq dunyoga keldi, shundan 23,3 ming nafari – tojik bo‘lib, ularga Muhammadali va Mustafo ismlari eng ko‘p qo‘yilgan. Turkman va uyg‘ur bolalarga Muhammad, rus chaqaloqlarga Sofiya, qozoq chaqaloqlarga Alixon ismi eng ko‘p qo‘yilgan.
2021 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda yashovchi boshqa millat vakillarining umumiy 54 660 tug‘ilish holati qayd etildi, deb ma'lum qildi DXA.
Davlat xizmatlari agentligi xabariga ko‘ra, eng ko‘p – 23,3 ming tug‘ilish tojik millatiga to‘g‘ri keladi. Oxirgi 8 oyda tojik chaqaloqlarga qo‘yilgan eng asosiy ismlar Muhammadali va Mustafo ismlari bo‘ldi.
Keyingi o‘rinlarda qozoq va qirg‘iz millatiga mansub chaqaloqlar ko‘p tug‘ilgan.
- Qozoq chaqaloqlar uchun – Alixon;
- Qirg‘iz chaqaloqlar uchun – Soliha;
- Turkman chaqaloqlar uchun – Muhammad;
- Rus chaqaloqlar uchun – Sofiya;
- Tatar chaqaloqlar uchun – Amir;
- Uyg‘ur chaqaloqlar uchun – Muhammad;
- Koreys chaqaloqlar uchun Mark ismi ko‘p tanlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar-iyun oylarida jami 391 258ta tug‘ilish qayd etilgan. 2021 yilning dastlabki 3 oyida O‘zbekiston bo‘yicha yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga Muhammadali ismi, qizlarga esa Soliha ismi eng ko‘p qo‘yilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:40 / 21.03.2026
Ikki oyda 1 mlndan ziyod o‘zbekistonliklar chet elga safar qildi
10:46 / 21.03.2026
O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar hajmi 20 foizga oshdi
11:22 / 20.03.2026
Chet el sayohatiga chiqayotgan o‘zbekistonliklar soni o‘sishi sekinlashdi
08:57 / 20.03.2026