Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ichki ishlar xodimining burniga boshi bilan zarba bergan fuqaroga nisbatan jinoiy ish ochildi
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar va ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokidagi holat videosi tarqaldi. Toshkent shahar IIBB vaziyat bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, 28 avgust kuni Yangihayot tumani IIO FMB patrul-post xizmati xodimlari, safdor H.I. va F.X. Yangihayot tumani Sputnik-15 massividagi 12-son avtobus parki yaqinida tungi vaqtdagi piyoda patrullash davomida xatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otgan ikki nafar fuqaro, 27 yoshli T.N. va 30 yoshli U.G.ni ko‘rib qolgan.
Bildirilishicha, xodimlar fuqarolarning yoniga kelib, o‘zlarini tanishtirgan hamda jamoat joyida niqobsiz yurish ma'muriy huquqbuzarlik hisoblanishi haqida ogohlantirgan. So‘ng fuqarolarning shaxslarini aniqlash maqsadida ular tuman IIO FMB ichki ishlar bo‘limiga taklif qilingani aytiladi.
“Ammo yigitlar bu iltimosga javoban qo‘pol tarzda qarshilik ko‘rsatib, xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmadilar. T.N. boshi bilan safdor H.I.ning burun qismiga zarba berib, unga badan shikasti yetkazdi. T.N. va U.G.ning voqea joyiga yetib kelgan patrul-post xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olinish jarayoni videoga tushib qolgan. Huquqbuzarlar IIBga, jabrlanuvchi esa – tibbiyot muassasasiga yetkazildi”, deyiladi ma'lumotda.
Ta'kidlanishicha, mazkur fakt bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Yangihayot tumani prokuraturasiga yo‘naltirilgan. Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan T.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi («Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026