Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:11 / 06.09.2021
1738
1 daqiqa o‘qiladi
Ertaga respublika bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi
Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Shimoliy hududlarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Maksimal harorat 34-39 daraja issiq atrofida bo‘ladi.
Poytaxtda havo quyoshli bo‘ladi. Harorat kunduz kuni 36-38 daraja issiqni tashkil etadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish