Jahon | 16:08 / 07.09.2021
11155
1 daqiqa o‘qiladi

Hyundai vodorodda yuradigan avtomobillarini namoyish etdi

Kompaniya bundan tashqari, Rescue Drone qutqaruv dronini ham namoyish qildi. Undan qutqaruv operatsiyalari yoki yong‘inlarni o‘chirish vaqtida foydalanish mumkin. Mashina bir marta quvvat olib 450-500 kilometr yo‘l bosishi mumkin. 

Hyundai kompaniyasi Vision FK deb nomlangan ikki eshikli sport avtomobilini namoyish etdi. Avtomobilga quvvati 680 ot kuchiga ega vodorodli motor o‘rnatilgan. U to‘rt soniyadan ozroq vaqt ichida tezligini soatiga yuz kilometrga yetkaza oladi. 

Kompaniyaning yana bir yangiligi haydovchisiz boshqariladigan Trailer Drone yuk mashinasi bo‘ldi. U haydovchisiz boshqaruv tizimi va vodorodli motor bilan jihozlangan. Uning bir martalik quvvat zaxirasi 1000 kilometr masofaga yetadi.

Hyundai bundan tashqari, Rescue Drone qutqaruv dronini ham namoyish qildi. Undan qutqaruv operatsiyalari yoki yong‘inlarni o‘chirish vaqtida foydalanish mumkin. Mashina bir marta quvvat olib 450-500 kilometr yo‘l bosishi mumkin.  

Koreyaliklar shuningdek, zaryadlovchi stansiya vazifasini bajaruvchi elektrokar ham o‘ylab topishdi. Bu mashina qiyin vaziyatda qolgan elektr transport vositalarini quvvatlantirishga mo‘ljallangan.

Mavzuga oid