Kompaniya ma’lumotlariga köra, AQŞdagi Hyundai zavodida ommaviy immigratsiya reydi uning oçilişini kamida ikki oyga keçiktirdi.  Reydda hibsga olinganlarning soni bir neça yuzlab ekani AQŞ va Koreya örtasida ziddiyat ham keltirib çiqardi. Jumladan, prezident Li Jye Myong bundan buyoğiga katta koreys kompaniyalari AQŞga investitsiya kiritişdan avval öylab körişlaridan ogohlantirdi.  

Seuldagi rasmiylarga köra, köplab işçilar AQŞga zavodni işga tuşirişga yordam beriş uçun vaqtinça yuborilgan edi. Jorjiya ştatidagi uşbu reyddan qölga olingan 475 kişidan 300 tasi Koreya fuqarolaridir.  

AQŞ immigratsiya xizmati xodimlarining aytişiça, bu odamlarga AQŞda işlaşga ruxsat berilmagan, koreyslar esa Koreya firmalari xorijdagi fabrikalar qurişda yordam beriş uçun işçilarini yuboriş odatiy hol ekanini aytmoqda.

Hyundai rahbariyati esa işçilar örnini qanday töldiriş haqida boş qotirmoqda. BBC’ning yozişiça, qölga olinganlar rasman uşbu kompaniyada işlamagan.

Payşanba kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Janubiy Koreya prezidenti agar bunday tartiblarga endi ruxsat berilmasa, bu AQŞda zavodlar qurişni "qiyinroq qilişini, kompaniyalarda umuman arziydimi yoki yöqmi degan savol tuğdirişini aytdi.  

Vaziyat AQŞ va Janubiy Koreya joriy yil boşida kelişib olgan savdo bitimining hayotiyligi haqida ham savollarni tuğdirmoqda, bunda Prezident Donald Tramp milliardlab dollar sarmoya va’dalari evaziga özining eng keskin tarif tahdidlaridan voz keçişga rozi bölgandi. Birgina Hyundai 26 milliard dollar va’da qilgandi. 

Eslatib ötamiz, hibsga olingan Koreya fuqarolari masalasini hal qiliş uçun diplomatlar Seuldan yetib borgan va barça fuqarolar juma kungi reys bilan uyiga qaytarilgan.