Jahon | 02:32 / 07.09.2021
12428
2 daqiqa o‘qiladi

Mixail Saakashvili Gruziyada qamoqda o‘tirishga tayyorligini aytdi

Foto: Kommersant'

Gruziyaning sobiq prezidenti, Ukrainaning milliy islohotlar kengashi ijroiya qo‘mitasi rahbari lavozimini egallayotgan Mixail Saakashvili gruzin xalqiga murojaat qilib, 2 oktyabrdagi mahalliy saylovlar oldidan Gruziyaga qaytishini aytdi. 

Saakashvilining ta'kidlashicha, Gruziya hukumati uni qamoqqa olsa ham, “gruzin xalqi uni ozod qiladi”.

U bo‘lg‘usi saylovlarni hukmron “Gruziya orzusi” partiyasiga ishonchsizlik bildirish bo‘yicha referendum” deb atagan. U bunda hukmron partiya mahalliy saylovlarda partiya ro‘yxatlari bo‘yicha 43 foiz ovoz yig‘a olmasa, muxolifat parlamentga navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazilishini talab qilishi mumkinligini nazarda tutgan.

Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili Saakashvilining qaytishiga izoh berib, bu holatda sobiq prezident darhol turmaga olib borilishi va u yerda “turfa xil chiroyli galstuklar bilan ta'minlanishini” aytgan.

2013 yilda Gruziyani tark etgan Saakashvili o‘z xizmat vakolatlarini suiiste'mol qilganlik uchun ikkita jinoyat ishi bo‘yicha Tbilisi sudi tomonidan sirtdan 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid